
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-476, 18.04.2018 y.) imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qonun bilan Mehnat kodeksining 78-moddasiga qo‘shimcha kiritilib, shaxsning muqaddam sudlanganligi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno yohud yaqin qarindoshlarining sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilmaslikni ta’qiqlovchi norma o‘rnatildi.
Eslatib o‘tamiz, qonun loyihasi Adliya vazirligi tomonidan qonunchilikda shaxsni yaqin qarindoshlarining yoki o‘zining sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilishni rad etilishi tartiblari aniq belgilanmaganligi, fuqarolarning mehnat qilish va erkin kasb tanlash huquqini to‘liq amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilayotganligi munosabati bilan ishlab chiqilgan edi.
Masalan, birgina 2016 yilda Adliya vazirligiga fuqarolardan yaqin qarindoshlarining yoki o‘zining sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilish rad etilganligidan norozi bo‘lib 33 ta murojaatlar kelib tushgan.
Mazkur norma bugundan kuchga kirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar