Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrif buyurib, viloyat va tumanlar hokimlari, vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Unda joriy yil 2 mart kuni viloyatga tashrif chog‘ida belgilab berilgan vazifalar va loyihalar ijrosi muhokama qilindi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mahalliy byudjetga qo‘shimcha tushumlarni ta’minlash, hudud eksportini oshirish, olis tumanlar infratuzilmasini yaxshilash, viloyat markazida namunaviy uy-joy qurish, «Obod qishloq» dasturi ko‘lamini kengaytirish, tomorqa xo‘jaligini rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan ishlarning borishi ko‘rib chiqildi.
Davlat rahbari to‘rtta sektor rahbarlari va mutasaddilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berdi. Hududni izchil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish lozimligini ta’kidladi. Loyihalarni, jumladan, o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish, korxonalarni zarur resurslar bilan ta’minlash, xususiy maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish borasidagi rejalarni amalga oshirishning yangi tizimini ishlab chiqish masalalariga ham e’tibor qaratildi.
Muhokama etilgan chora-tadbirlar yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi