Joriy yilning 19 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati boshqarmasi tezkor xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamentining viloyat boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatning oldini olishdi. Bu haqda “O‘zbekiston24” telekanalida namoyish etilgan lavhada aytilgan.
Qayd etilishicha, maxsus xizmat xodimlari tomonidan Qo‘shko‘pir tumani hokimining chegara masalalari bo‘yicha yordamchisi Umurbek Atanazarov fuqarolarni Janubiy Koreya davlatiga ishga yuborish uchun ko‘maklashish bahonasida aldov orqali ularning pullarini olish bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlandi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida Umurbek Atanazarov Janubiy Koreya davlatiga shartnoma asosida ishga jo‘natish uchun ikki nafar fuqarodan sakkiz ming AQSh dollari olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Dastlabki tergovoldi surishtiruvi vaqtida Umurbek Atanazarov shu vaqtga qadar 12 nafar fuqarodan jami 22 ming 400 AQSh dollari olganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda ushbu holat bo‘yicha hokim yordamchisi Umurbek Atanazarovga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi