
Foto: «Novini.bg»
Jizzax viloyatining Baxmal tumanida hamqishlog‘ini zo‘rlamoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga tayanib Xabar nashri ma’lum qilmoqda.
Xabarda qayd etilishicha, voqea Jizzax viloyatining Baxmal tumanida Saroy qishlog‘ida 20 mart kuni soat 16:00 lar atrofida yuz bergan.
Shu qishloqda yashovchi, «Sabrina Ravshanova» fermer xo‘jaligi raisi, 1987 yilda tug‘ilgan shaxs hamqishlog‘i — 18 yoshli qizni zo‘rlab nomusiga tegmoqchi bo‘lgan. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan.
IIV xabaridan voqeaga oid boshqa tafsilotlar keltirilmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar