Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi noto‘g‘ri parkovka qilingan avtomobillarga qarsh kurashning yangi uslubiga o‘tdi.
Ikki oy oldin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev IIVga tartibsiz uyushtirilgan avtomobillar to‘xtash joylariga qarshi kurashni boshlash kerakligi haqida xabar qilgan edik. Xususan, huquqni saqlash organlari mumkin bo‘lmagan joylarda to‘xtab turgan avtomobillarni jarimaga tortishning soddalashtirilgan mexanizmini ishlab chiqishlari kerak edi.
Toshkent shahar IIBBning YHXB boshlig‘i Barat Mamenov aytishiga qaraganda, xalqaro tajriba o‘rganib chiqilganidan so‘ng, inspektorlarga noto‘g‘ri parkovka qilingan avtomobillarni fotofiksatsiya qilish huquqi berilgan.
Qonunbuzarlik qayd etilgan fotosurat ma’lumotlar bazasiga kiritilganidan so‘ng, avtomobil egasiga pochta orqali jarima xati yuboriladi. Noto‘g‘ri parkovka qilingan avtomobillar boshqa transport vositalari harakatlanishiga xalal bergan holdagina – evakuatsiya qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik kodeksining 128 moddasida to‘xtab turish mumkin bo‘lmagan joylarda to‘xtatilgan transport vositalari egalarini jarimaga tortish belgilangan. Birincha marta ushbu qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan haydovchilar eng kam ish haqqining 3 baravari miqdorida jarimaga tortiladi. Agar haydovchi yil davomida ushbu qoidabuzarlikni takroran sodir etsa u eng kam ish haqqining 5, 10 va 15 baravari miqdorida jarimaga tortilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)