22:26 / 30.04.2018
5 217

Toshkent shahar hokimligining poytaxt aholisi hamda mehmonlariga murojaati

Toshkent shahar hokimligining poytaxt aholisi hamda mehmonlariga murojaati
Ma’lumki, Davlatimiz rahbari 9 may “Hotira va qadrlash kuni” munosabati bilan o‘zbek xalqining yuksak insoniy fazilatlarining yorqin namunasi bo‘lgan Shoahmad Shomahmudovlar oilasi qahramonligining ahamiyati va qadrini inobatga olib, xalqimizning ezgu fazilat va qadriyatlarini abadiylashtirish maqsadida “Xalqlar do‘stligi” nomi va yodgorlik ansamblini Poytaxt markaziga qaytarish yuzasidan ko‘rsatma berdi.

Ayni damda shahrimizning muhtasham san’at saroyi oldidagi maydon va uning atrofidagi hududda ulkan qurilish ishlari olib borilmoqda. Buning natijasida markaziy ko‘chalar va yo‘l o‘tkazgichlarda vaqtinchalik tirbandliklar yuzaga kelib, shahar aholisi noqulayliklarga duch kelmoqda.

Shu munosabat bilan poytaxt aholisi va mehmonlaridan amalga oshirilayotgan shu va boshqa qurilish ishlari davomida yuzaga kelayotgan noqulayliklarni to‘g‘ri tushunishlarini so‘raymiz.

Amalga oshirilayotgan bu kabi bunyodkorlik ishlari kelgusida shahrimiz aholisi va mehmonlarining qulayligi, poytaxt ko‘chalarining go‘zalligi hamda porloq kelajagimiz uchun xizmat qilishi shubhasiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahar hokimligining poytaxt aholisi hamda mehmonlariga murojaati