date
views 4 862

O‘zbekiston fuqarosi avtomobil yukxonasida Qirg‘izistonga kirib olishga urindi

O‘zbekiston fuqarosi avtomobil yukxonasida Qirg‘izistonga kirib olishga urindi
Qirg‘izistondagi «Ak-Kiya- avtodorojnыy» nazorat o‘tkazish punkti chegarachilari qirg‘izistonlik shaxsni qo‘lga olishdi. U qirg‘iz-o‘zbek chegarasi orqali O‘zbekiston fuqarosini noqonuniy tarzda olib o‘tishga uringan.

Bu haqda Qirg‘iziston Davlat chegara xizmatining jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi xabar qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘iziston fuqarosining Hyundai Starex avtomobili yukxonasi ko‘zdan kechirilganida O‘zbekiston fuqarosi aniqlangan, u pasport nazoratidan o‘tmagan holda Qirg‘iziston hududiga kirishga uringan.

So‘roq chog‘ida ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston fuqarosida davlat chegarasini kesib o‘tish uchun hujjatlar bo‘lmagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston fuqarosi avtomobil yukxonasida Qirg‘izistonga kirib olishga urindi