O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 159-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblangan jurnalist Bobomurod Abdullayev 7 may kuni sud majlisidan ozodlikka chiqarildi. Shuningdek, sudlanuvchi Hayotxon Nasriddinov, Ravshan Salayev va Shavkat Olloyorning ushbu ishga aloqasi bo‘lmagani tufayli, ular sud tomonidan oqlandi.
Kun.uz muxbiri bilan suhbatlashgan Human Rights Watch tashkilotining Markaziy Osiyo bo‘yicha tadqiqotchisi Stiv Sverdlovga ko‘ra, bu mustaqil O‘zbekiston tarixida yangi epoxa boshlanganini bildiradi.
Kecha Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi binosidan Abdullayev ishi bo‘yicha barcha sudlanuvchilarning ozod etilgani tarixiy voqealikka aylandi. Shunga qaramay, HRW tashkiloti jurnalist Bobomurod Abdullayevdan 159-modda bo‘yicha qo‘yilgan barcha ayblov olib tashlanishini so‘raydi, deb fikr bildirdi advokat va tashkilotning Markaziy Osiyo bo‘yicha tadqiqotchisi Stiv Sverdlov.
Inson huquqlari himoyachisi Sverdlovning ta’kidlashicha, sud majlisida Abdullayev O‘zbekiston maxfiy xizmati xodimlari qo‘lida qiynoqlarga solingani haqida gapirib bergan.
Men ishonamanki, huquqbon, diplomat va jurnalistlar uchun o‘ta shaffof darajada o‘tkazilgan Abdullayev ishi o‘zbek sud tizimida yangi standartlarni o‘rnatishda asosiy mezon vazifasini o‘taydi. Bobomurod Abdullayev va Hayotxon Nasriddinovning ozod etilishi bilan, O‘zbekistondagi qamoqxonalarda jurnalistlar qolmadi. Endilikda so‘z erkinligi, jumladan internetni senzurasi borasida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘p. Hukumat mo‘’tadil va tinch maqsaddagi tanqid, kishilar tomonidan davlat siyosatini muhokama etilishini nafaqat qarshi olish, balki qo‘llab-quvvatlashi to‘g‘risida siyosiy iroda bildirishi kerak, deydi u. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global Janub kimniki?
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi