14:50 / 11.05.2018
5 447

Qirg‘izistonga kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun muhim xabar

Qirg‘izistonga kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun muhim xabar
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qirg‘izistonga kelayotgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat etdi, deb ma’lum qiladi Darakchi nashri.

Xabarda ta’kidlanishicha, Qirg‘iziston Respublikasi Hukumatining "Chet el fuqarolarining va fuqaroligi yo‘q shaxslarning Qirg‘iziston hududida ro‘yxatdan o‘tishi" to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq, chet elliklar, shu jumladan O‘zbekiston fuqarolari ham Qirg‘iziston davlat chegarasini kesib o‘tgan kundan boshlab, 5 ish kuni mobaynida ro‘yxatdan o‘tishlari shart.

Shuningdek, Qirg‘iziston hududida o‘rnatilgan tartiblarga rioya qilmagan shaxslarga nisbatan Qirg‘iziston Respublikasi qonunchiligida belgilangan 10 000 som miqdorida jarima jazosi qo‘llanilishi haqida ogohlantirilgan.

Batafsil ma’lumotni O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchixonasi rasmiy veb-sahifasidan (www.uzbekistan.kg) yoki elchixonaning konsullik bo‘limidagi +996 (312) 986-296 telefon raqami orqali murojaat qilib olish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qirg‘izistonga kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun muhim xabar