08:31 / 12.05.2018
5 464

Yuridik universiteti talabasi o‘z uyidan osilgan holda topildi

Yuridik universiteti talabasi o‘z uyidan osilgan holda topildi
Universitet talabasi ingliz tili fanidan imtihondan o‘ta olmagan hamda buni uyidagilardan berkitib kelgan va bu sir “oshkor” bo‘lgach, o‘zini osgan degan taxminlar aytilmoqda.

“UzNews.uz” ning xabariga ko‘ra, talaba 2 kursda o‘qishga qatnab yurgani aytildi. Lekin, u 1-kursdagi ingliz tili fanidan yakuniy nazorat imtihonidan o‘ta olmagan. Bu esa uning Universitetdan “haydalishi”ga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan “holat” deb qaralgan.

Talaba imtihondan o‘ta olmaganligini uydagilarga aytmasdan, ulardan “berkitib” kelgan. Uning bu “siri” oshkor bo‘lgach, kuchli hayajon ostida o‘zini osib qo‘yganligi ta’kidlanmoqda.

Bu holat Universitetdagi barcha talabalarga kuchli salbiy ta’sir o‘tkazgani qo‘shimcha qilindi. Bundan tashqari, bu xabar marhum talabani taniganlar va Universitetning qolgan talabalariga ham o‘ta kuchli ta’sir qilgani, Universitet o‘qituvchisi tomonidan ma’lum qilindi.

Shuningdek, bu voqea ortidan marhumning onasi ham bu ish yuzasidan tergov ishlarini olib borayotgan huquqni muhofaza qilish xodimi ham Universitetga tashrif buyurib, voqealarni o‘rgangan.

Universitet rahbariyati xizmat safari bilan Ukraina davlatida bo‘lganligi sababli bu haqda to‘liqroq ma’lumot olish imkoni bo‘lmadi. “UzNews.uz” bu borada jurnalistik surishtiruvni davom ettiradi va voqeani batafsil yoritib boradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yuridik universiteti talabasi o‘z uyidan osilgan holda topildi