Universitet talabasi ingliz tili fanidan imtihondan o‘ta olmagan hamda buni uyidagilardan berkitib kelgan va bu sir “oshkor” bo‘lgach, o‘zini osgan degan taxminlar aytilmoqda.
“UzNews.uz” ning xabariga ko‘ra, talaba 2 kursda o‘qishga qatnab yurgani aytildi. Lekin, u 1-kursdagi ingliz tili fanidan yakuniy nazorat imtihonidan o‘ta olmagan. Bu esa uning Universitetdan “haydalishi”ga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan “holat” deb qaralgan.
Talaba imtihondan o‘ta olmaganligini uydagilarga aytmasdan, ulardan “berkitib” kelgan. Uning bu “siri” oshkor bo‘lgach, kuchli hayajon ostida o‘zini osib qo‘yganligi ta’kidlanmoqda.
Bu holat Universitetdagi barcha talabalarga kuchli salbiy ta’sir o‘tkazgani qo‘shimcha qilindi. Bundan tashqari, bu xabar marhum talabani taniganlar va Universitetning qolgan talabalariga ham o‘ta kuchli ta’sir qilgani, Universitet o‘qituvchisi tomonidan ma’lum qilindi.
Shuningdek, bu voqea ortidan marhumning onasi ham bu ish yuzasidan tergov ishlarini olib borayotgan huquqni muhofaza qilish xodimi ham Universitetga tashrif buyurib, voqealarni o‘rgangan.
Universitet rahbariyati xizmat safari bilan Ukraina davlatida bo‘lganligi sababli bu haqda to‘liqroq ma’lumot olish imkoni bo‘lmadi. “UzNews.uz” bu borada jurnalistik surishtiruvni davom ettiradi va voqeani batafsil yoritib boradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Global Janub kimniki?