23:03 / 12.05.2018
6 781

Endi saharlik va iftorlik vaqtida telekanalda Qur’oni karim tilovat qilinadi

Endi saharlik va iftorlik vaqtida telekanalda Qur’oni karim tilovat qilinadi
O‘tib borayotgan har kunimiz, har soatimiz, har daqiqayu, har soniyamiz sizu bizni rahmat va mag‘firat, Qur’oni karim nozil bo‘lgan oy - Ramazoni sharif sari yaqinlashtirmoqda.

Ushbu oy munosabati bilan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «Madaniyat va Ma’rifat» telekanali Diniy idora bilan hamkorlikda «Qur’oni karim ma’rifati» nomli yangi ko‘rsatuvni efirga uzatishni rejalashtirmoqda, deyiladi Muslim.uz xabarida. Hozirda ushbu ko‘rsatuvni tasvirga olish jarayonlari jadal davom etmoqda.

Ushbu ko‘rsatuvni bir oy davomida, har kun, saharlik va iftorlik paytida tomosha qilishingiz mumkin. Alloh kalomiga bo‘lgan muhabbatimizni ziyoda qilsin, ushbu ko‘rsatuv barchamizga muborak bo‘lsin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi saharlik va iftorlik vaqtida telekanalda Qur’oni karim tilovat qilinadi