
Toshkent shahrida bir guruh sahovatli insonlar ehtiyoji bor insonlar uchun saharlik taomini (osh, yetkazib berish ham) bepul tarqatmoqdalar.
Azon.uz'ga ma’lum qilinishicha, saharlik taomi quyidagi kishilarga bepul tarqatiladi:
– Nogiron;
– Bemor;
– Musofir;
– Talaba va saharlikka taom tayyorlashga imkoniyati bo‘lmay qolgan kishilarga.
Feysbuk faoli Abduvohid Atametovning aytishicha, bu xizmat hozircha Olmazor va Shayxontohur tumanlari ichida amal qiladi. Niyatimiz: shahrimizning barcha tumanlarida shu xizmatni tashkil qilish. Homiylik va hamkorlik taklifi bo‘lsa, qabul qilinadi. Murojaat uchun telefon: +998 98 307 54 97 (Abduvohid).
Shuningdek yana bir saxovatli inson Abduqodir Nabiyev ham shu xizmatni qilish istagida ekanini yozgan holda, hozircha Shayxontohur tumaniga yetkazib berishini aytgan. Murojaat uchun telefon: +998 97 750 15 25. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar