date
views 16 225

Qumqo‘rg‘onda 116 xonadon suv ostida qoldi

Qumqo‘rg‘onda 116 xonadon suv ostida qoldi
Kecha, 18 may kuni soat 17.40 da Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanidagi Elobod, Azlarsoy va Bog‘or mahallalari hududi kuchli yomg‘ir oqibatida suv ostida qoldi. Bu haqda FVVga tayanib Darakchi ma’lum qildi.

Sel kelishi oqibatida 116 xonadonda istiqomat qiluvchi 754 nafar kishi xavfsiz joyga ko‘chirildi.

Ayni paytda yuzaga kelgan holatni ijobiy hal etish maqsadida Qumqo‘rg‘on tumani hokimi rahbarligida tezkor guruh tashkil etilgan. Guruh tarkibida favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, ichki ishlar bo‘limi, tuman kommunal xizmati va boshqa tegishli tashkilotlar kiritilib, barcha kuch va imkoniyatlar safarbar etilgan.

Hozircha jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qumqo‘rg‘onda 116 xonadon suv ostida qoldi