7 596
Prezident DXX haqida: «Ular uxlaganlaringda tush ko‘rganlaringni bilmasligi mumkin, boshqa hamma narsani biladi»
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida Andijon viloyatiga tashrif buyurgani haqida xabar bergandik.
«Xabar.uz» portalining xabar berishicha, Ulug‘nor tumanida viloyat faollari va mutasaddilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda Davlat xavfsizlik xizmati haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
«Milliy xavfsizlik xizmatining, hozirgi Davlat xavfsizlik xizmatining obro‘yini juda ko‘taraman. Ularning kattalari ichida 20 foizi o‘g‘ri bo‘lgan. Bularning ichida sadoqatli insonlar juda ko‘p. Hozir qo‘l qo‘ydim: bularga uy qurayapman, oyligini ko‘tartiraman.
Lekin bir narsani bilinglar: 100 foiz vaziyatni, uxlaganlaringda tush ko‘rganlaringni bilmasligi mumkin, boshqa hamma narsani biladi. Shuning uchun ham kechagi boshqa davlatlar bilan shartnomalarda shunday uskunalar olib kelayapmiz. Boshqa ilojimiz yo‘q. Bizga xiyonatchilar kerak emas. Biz juda ko‘p azob-uqubatni boshimizdan o‘tkazgan odammiz. Andijon ikkinchi marta sinov, baloga chiday olmaydi. Odamlar norozi bo‘ladi. Ularning ichida halol, pokiza odamlar ko‘p. Tepadagilarni xudo urgan edi. Poraxo‘r edi. Qip-qizil. Men bu gaplarni aytayapman: negaki, mendan boshqa odam bu gaplarning tagini bilmaydi», dedi davlat rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida