
Shu yilning 20 may kuni Buxoro viloyatining Peshku tumanida maktab o‘qituvchisi N.Sh. IIBga murojaat qildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Joriy yilning yanvar oyida noma’lum shaxs uning mobil telefoniga qo‘ng‘iroq qilgan va o‘zini Navoiy viloyatida yashovchi Aziz Umidov deb tanishtirib, hozirda Namangan viloyati Pop tumanidagi JIEKda jazo muddatini o‘tayotgan turmush o‘rtog‘i R.R.ni muddatidan oldin ozodlikka chiqarib berishini, buning evaziga 2.800 AQSh dollarini yo‘lovchi taksi orqali Buxoro shahriga yuborishini aytadi.
N.Sh. unga ishonib notanish haydovchi orqali pulni berib yuborgan. Natijada noma’lum shaxs bergan va’dasini bajarmagan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni hozirda Buxoro viloyati JIEKda jazo muddatini o‘tayotgan J.T. sodir etganligi aniqlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar