22:45 / 25.05.2018
5 200

Rossiyada ishlashni istaganlar uchun yana bir qulaylik

Россияда ишлашни истаганлар учун яна бир қулайлик
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi “Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirgan fuqarolar uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida kompleks imtihon tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 400-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Milliy universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti va Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali (bosh vakolatli oliy ta’lim muassasalari)da Rossiyada ishlashni rejalashtirgan O‘zbekiston fuqarolari ushbu davlatda ishlash huquqini beruvchi patent olish uchun zarur bo‘lgan rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi asoslari bo‘yicha kompleks imtihonni O‘zbekistonda topshirib, besh yilga amal qiladigan sertifikat olish imkoniga ega bo‘ldilar. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi xabar qildi.

Xabarda bildirilishicha, O‘zbekiston fuqarolari uchun rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi asoslari bo‘yicha bilimlarni aniqlashga qaratilgan kompleks imtihon o‘tkazish bosh vakolatli oliy ta’lim muassasalari va Rossiya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ikki tomonlama shartnomalarga muvofiq Rossiya tomonining talablari asosida va belgilangan tartibda imtihon oluvchi testorlar tomonidan o‘tkaziladi.

Rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi asoslari bo‘yicha bilimlarni aniqlashga qaratilgan kompleks imtihon pullik asosda tashkil etiladi.

Kompleks imtihonni qoniqarli topshirgan nomzodlarga vakolatli Rossiya oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilangan tartibda sertifikat beriladi.

Kompleks imtihonlardan o‘ta olmagan nomzodlar belgilangan to‘lovlarni amalga oshirgan holda bir oy o‘tgandan so‘ng (nomzod mustaqil holda tayyorgarlik ko‘radi) qayta imtihonlarda ishtirok etishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiyada ishlashni istaganlar uchun yana bir qulaylik