13:56 / 28.05.2018
5 851

O‘g‘li tufayli jangarilar safiga ko‘shilib qolgan ota jazoga tortildi (video)

O‘g‘li tufayli jangarilar safiga ko‘shilib qolgan ota jazoga tortildi (video)
Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi 34 yoshli Shehroz Avazov 2011 yilda ishlash maqsadida Rossiyaning Moskva shahriga ishlashga ketadi.

Oradan ko‘p vaqt o‘tmay Shehroz u yerda ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolib, 2013 yilning boshida Pokiston hududida faoliyat olib borayotgan Turkiston islom harakati terroristik tashkiloti safiga qo‘shiladi.

Shehroz ota-onasi va yaqinlari bilan telefon orqali gaplashish asnosida ularni aldab, Turkiyada uy sotib olganini, ularni ham shu yerga kelishlari va birga yashashlarini aytadi.

Shundan so‘ng uning otasi 60 yoshli Toshpo‘lat Avazov hech ikkilanmasdan o‘g‘lining oldiga shoshiladi. 2013 yilning avgust oiyda avtomashinasini sotadi. O‘sha pulga jamg‘arib qo‘ygan pulini qo‘shib, turmush o‘rtog‘i Barno, kelini va nevaralarini olib Istambul shahriga boradi.

"Biz u yerga yetib borganimizda bizni boshqa odamlar kutib oldi. Ular agar bizga qo‘loq solsang o‘g‘lingni ko‘rsatamiz deb aytishdi. Keyin bir uyga joylashtirdi", - deydi Shehrozning otasi.

Istanbulda Abduqodir degan shaxs ushbu oila a’zolarini ishga joylashtirib qo‘yadi. 2013 yilning dekabr oiyda esa u ularga Eron va Afg‘oniston davlatlari orqali Pokistonga yetib olishlarini aytadi. Shu tariqa Avazovlar oilasi Pokistonning shimoliy Vaziriston provinsiyasida Turkiston islom harakati a’zolari o‘rnashgan Mirali aholi yashash punktiga joylashadi. Va shu yerda Toshpo‘lat Avazov o‘g‘li Shehroz Avazov bilan uchrashadi.

Shu tariqa Toshpo‘lat Avazov ham ushbu guruh safiga qo‘shiladi. Oilasi esa jangarilar oilalari birgalikda Pokistonda Afg‘onistonga o‘tkaziladi.

Ma’lum bo‘lishicha, Toshpo‘lat Avazov ushbu guruh a’zosi bo‘lgan Xoliddin bilan Pokistondan Afg‘onistonga o‘tgan vaqtda afg‘on huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olingan, hamda teroristik tashkilotlarga aloqador deb topilib, 2 yilu 3 oyga ozodlikdan mahrum etilgan.

U jazo muddatini o‘tab chiqqandan so‘ng, 2017 yilning 25 iyul kuni O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.

DXX Samarqand vilyati boshqarmasi tomonidan unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Olib borilgan tergov harakatlariga asosan u islom harakati a’zosi ekani o‘z tasdig‘ini topdi. Sud hukmi bilan unga tegishli jazo tayinlandi.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan lavhani e’tiboringiz havola etamiz:>>>VIDEO

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘g‘li tufayli jangarilar safiga ko‘shilib qolgan ota jazoga tortildi (video)