18:06 / 05.06.2018
5 960

Bosh prokuror o‘rinbosari: «O‘zbekistonning bugungi prokuraturasi matbuot uchun ochiq, avvalgi yillardagi uzilishlar uchun uzr so‘raymiz!» (video)

Bosh prokuror o‘rinbosari: «O‘zbekistonning bugungi prokuraturasi matbuot uchun ochiq, avvalgi yillardagi uzilishlar uchun uzr so‘raymiz!» (video)
Erkin Yo‘ldoshev — O‘zbekiston Bosh prokurori o‘rinborsari.
Bugun, 5 iyun kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasida «Mamlakatimizda ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash borasida belgilangan chora-tadbirlar ijrosi» mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi. Brifingda ishtirok etgan «Xabar.uz» muxbiri quyidagi savol bilan murojaat qildi:

— Biz ayrim masalalar bo‘yicha tuman yoki shahar prokuraturalaridan ma’lumot olmoqchi bo‘lsak, ular bizga ma’lumot berishdan bosh tortishadi. Bosh prokuraturaning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limidan ruxsat olmaguncha ma’lumot berishmaydi. Bunda jurnalist va oddiy odamlarda quyidagicha taassurot uyg‘otadi: ularning yo mustaqil fikri yo‘q yoki nimanidir noto‘g‘ri gapirib qo‘yishdan qo‘rqishadi. O‘zbekistonda qonun ustuvorligini nazorat qiluvchi katta organda birgina odam yoki bittagina bo‘lim gapirish huquqiga, ma’lumot berish huquqiga egami degan savolni uyg‘otadi. Bu anchadan beri bizning faoliyatimizga to‘sqinlik qilib kelyapti.

Ushbu savolga Bosh prokuror o‘rinborsari Erkin Yo‘ldoshev quyidagicha javob berdi:

— Murojaat qilishning o‘ziga yarasha qoliplari bor. Haqiqatdan bunda kamchiliklar bo‘lgan bo‘lishi mumkin, hech kim buni inkor qilmaydi. Misol uchun, axborot olishda muammolar bo‘lgan. Davlat idoralari va matbuot o‘rtasidagi uzilishlarni uzilishni bartaraf etish etish maqsadida qo‘yilgan qadamlardan biri mana shu brifing bo‘ladi. Bugun sizlarga namoyish etmoqchi bo‘lgan veb-saytimiz shu maqsadda yangilanmoqda. Ayni paytda uni test rejimi ishga tushirish harakatini qilayapmiz. O‘ylaymizki, veb-saytimiz foydalanuvchilar bilan qarshi muloqot (qayta aloqa («feedback») nazarda tutilmoqda — «Xabar.uz») masalasini yuz foiz hal qiladi.

Men sizga ushbu tashkilotning rahbari sifatida hamkasblarim nomidan to‘liq kafolat beraman — O‘zbekiston Respublikasining bugungi prokuraturasi [matbuot uchun — «Xabar.uz»] ochiq. Bir yil, o‘n yil va yillar davomida qayerdadir uzilishlar bo‘lgan bo‘lsa, bunday uzilishlar uchun uzr so‘raymiz. Biz inkor qilmaymiz, qayerdadir haqiqatan ham matbuot bilan munosabatlarda yopiqlik, uzilish bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Lekin shu bugungi kecha-kunduzda davlatimiz rahbari talab qilyapti, xalq talab qilyapti, xalqimiz har kuni yangiliklar olishga intilayapti. Biz ma’lumot bermaslikka haqqimiz yo‘q. Sababi biz ham shu yangiliklar ichida yashayapmiz, biz ham shu xalqning bir qismimiz. Xalqning manfaati bizning manfaatimiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuror o‘rinbosari: «O‘zbekistonning bugungi prokuraturasi matbuot uchun ochiq, avvalgi yillardagi uzilishlar uchun uzr so‘raymiz!» (video)