
Oltiariqlik Abduvahob Mirzajonovni Farg‘onada mirishkor dehqon, yangi nav yaratuvchi iqtidorli seleksioner sifatida juda yaxshi bilishadi.
Uning xonadoniga kirsangiz hovlisidagi bir tup g‘aynoli daraxtida18 xil bir danakli mevalarning pishib yetilayotganiga guvoh bo‘lasiz. Qizig‘i shundaki, ushbu daraxt yillar davomida A. Mirzajonovning tajriba daraxtiga aylanib ulgurgan, deb yozmoqda «Xalq so‘zi» nashri.


Bir tanada Amerika, Yevropa, Uzoq sharq, Xitoy, Koreya davlatlaridan keltirilgan g‘aynoli, o‘rik navlari pishyapti. Seleksionerning mo‘jazgina 5 sotixli tomorqasida (sizga yolg‘on, bizga chin) 2000 ziyod (olmaning 5 xili, uzumning 10 xili, g‘aynolining 8 xili, o‘rikning 4 xili) ko‘chatlar ko‘kka bo‘y cho‘zgan.
Uning eng asosiy maqsadi chetdan keltirilgan mevalarning mamlakatimiz ob-havosi va sharoitlariga moslashgan noyob navlarni mahalliy seleksiya yo‘li bilan yaratib, ularni sanoat usulida yetishtirishni yo‘lga qo‘yish.

“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar