
Xalqaro press-klubda Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.
«Hozirgi kunda ish vaqtim ertalabki soat 7:00dan boshlanadi. Ishni uydan chiqib, ishxonaga kelgunga qadar yo‘lni kuzatishdan boshlayman. Kechqurun esa, vaziyatga qarab, soat 24:00-1:00da tugaydi. Ammo, shu ham biroz kamlik qilyapti. Ya’ni, vaqt yetmayapti», - degan Ortiqxo‘jayev.
Shuningdek, u Toshkent shahridagi ko‘chalar haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
«Toshkent shahrining Amir Temur ko‘chasi menga ko‘proq yoqadi», - degan hokim v.b. blits-savolga javob qaytarib.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar