date

O‘zbekiston parlament saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadigan saylov okruglari ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston parlament saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadigan saylov okruglari ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda 2015 yil 4 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palataiga saylovlarning ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi, deb yozadi Kun.uz.

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi (MSK)ning 25 dekabrdagi qaroriga asosan, qayta saylov bo‘lib o‘tadigan saylov okruglari ro‘yxati tasdiqlangan.

Saylovchilar 21 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda eng ko‘p ovoz olgan ikki nomzoddan biriga ovoz berishlari kerak bo‘ladi. Eng ovoz olgan nomzod deputat sifatida saylangan hisoblanadi.

Takroriy saylovlar quyidagi saylov okruglarida bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Toshkent
Oqtepa 124-SO

Toshkent viloyati
Bekobod 78-SO
Do‘stoobod 89-SO

Qoraqalpog‘iston
Ellikqal’a 3-SO

Andijon viloyati
Oltinko‘l 10-SO

Buxoro viloyati
Shohrud 23-SO

Jizzax viloyati
Do‘stlik 30-SO

Navoiy viloyati
Navoiy 34-SO

Namangan viloyati
Uychi 45-SO
Chust 48-SO

Samarqand viloyati
Bulung‘ur 52-SO

Sirdaryo viloyati

Oqoltin 67-SO

Surxondaryo viloyati
Termiz 70-SO
Jarqo‘rg‘on 71-SO
Qumqo‘rg‘on 72-SO
Sho‘rchi 73-SO
Denov 74-SO

Farg‘ona viloyati
Dang‘ara 91
Rishton 95-SO
Marg‘ilot 98-SO

Xorazm viloyati
Bog‘ot 106-SO

Qashqadaryo viloyati
Nishon 115-SO

Ovoz berish jarayoni asosiy saylovlar uchun tuzilgan saylovchilar ro‘yxati bo‘yicha o‘tkaziladi.

Foto: Gazeta.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston parlament saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadigan saylov okruglari ma’lum bo‘ldi