06:58 / 19.06.2018
5 431

Jizzaxda Majburiy ijro byurosi xodimlarini do‘pposlagan yigit qo‘lga olindi

Jizzaxda Majburiy ijro byurosi xodimlarini do‘pposlagan yigit qo‘lga olindi
Jizzax viloyati Paxtakor tumanida Majburiy ijro byurosi xodimlarini do‘pposlagan yigit va uning sheriklari qo‘lga olindi. Bu haqda Paxtakor tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudi matbuot xizmati «Daryo»ga xabar berdi.

S.N. ikki nafar sinfdoshi bilan birgalikda 10 iyun kuni spirtli ichimlik iste’mol qilgan. Yigitlar soat 18:30 larda Majburiy ijro byurosining 2 nafar xodimini uchratib qolgan. S.N. ijrochilarni to‘xtatib, ularning qayerda ishlashini so‘ragan. Ulardan biri o‘zining davlat ijrochisi lavozimida ishlashini aytganidan keyin, S.N. ularni uyatli so‘zlar bilan haqorat qilishni boshlagan. S.N. davlat ijrochilaridan biriga tashlanib, sheriklari uni ushlab turgan vaqtda yuziga shapaloq va ko‘krak qismiga musht bilan urgan. S.N. ikkinchi ijrochining ham yuziga musht bilan urib jarohat yetkazgan. Yigitlarni to‘xtatib qolishga uringan kishi ham jarohat olgan. S.N. uning chap yelka va qorin soxasiga musht bilan urgan.

S.N. Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «g» bandida nazarda tutilgan jinoyatni qasddan sodir qilganlikda ayblangan. 11 iyun, dushanba kuni Paxtakor tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudining yopiq majlisida S.N. qamoqqa olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda Majburiy ijro byurosi xodimlarini do‘pposlagan yigit qo‘lga olindi