4 960
Abdulla Aripov: "O‘qituvchi 4 soat qog‘oz to‘ldirgani uchun o‘z ustida ishlay olmayapti"
21 iyun kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov raisligidagi xalq ta’limi tizimini isloh qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb yozadi «Daryo».
Bosh vazir o‘rinbosarlari hamda boshqa vazirliklar rahbarlari qatnashgan yig‘ilishda xalq ta’limi tizimidagi muammolar sanab o‘tildi.
«O‘qituvchi bir kunda 2—3 soat dars bersa, 4 soat vaqtini qog‘oz to‘ldirishga sarflaydi. Shuning uchun o‘qituvchi o‘z ustida ishlay olmayapti. Axborot texnologiyalari rivojlangan davrda yashayapmiz. Sohaga axborot texnologiyalarini joriy etish kerak», — deydi Abdulla Aripov.
Shuningdek, Bosh vazir xalq ta’limi tizimini tubdan isloh qilish uchun vazirlikka xorijning eng nufuzli universitetlarida tahsil olgan, yetakchi xorijiy tashkilotlarda uzoq yillar mehnat qilgan insonlar rahbar etib tayinlangani, ularning oldida katta vazifalar turganini qayd etdi.
«Hukumat, jamoatchilik vazirlikka har tomonlama yordam bermasa, ular o‘z oldilaridagi vazifalarni bajara olmaydi», — deydi Abdulla Aripov.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi