
Yaqinda Samarqandda ko‘ngilsiz voqea sodir bo‘ldi. Yangi kelin qaynonasi bilan janjallashib qoldi-yu, alamiga chiday olmay, qo‘liga pichoq oldi va qaynonani pichoqlab o‘ldirdi. Bu bilan ham to‘xtamadi. Hali voyaga yetmagan qaynisi yonida edi. Uning ko‘magida murdani gilamga o‘radi-da, podvalga berkitdi. Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, jasadni Siyob daryosiga cho‘ktirib yubordi.
Ammo buzoqning yugurgani somonxonagacha deb bekorga aytishmagan. Eri M ichki ishlar xodimlariga murojaat etib, onasi bedarak yo‘qolganini bayon qildi. Qisqa fursatda tezkor tadbir tashkil etilib, ayol jasadi daryo tubidan topildi. Shu asnoda qotil kimligi ham aniqlandi.
Ayni paytda qotil kelin qamoqqa olingan. Ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar