date
views 3 295

Jurnalistlar uchun tanlov: mehnat huquqlarini kim yaxshi yorita oladi?

Jurnalistlar uchun tanlov: mehnat huquqlarini kim yaxshi yorita oladi?
Foto: Xalkaro Press klub
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “Taraqqiyot strategiyasi” Markazi, Xalqaro Mehnat tashkilotining (XMT) Uchinchi tomon monitoringi loyihasi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamkorlikda “Mehnat huquqlarini xolis yoritish” mavzuida “Eng yaxshi jurnalistik ishlar” tanloviga arizalar qabuli boshlaganini ma’lum qiladi. Bu haqda XMTning O‘zbekistondagi katta texnik maslahatchisi Yonas Astrup Toshkentda bo‘lib o‘tgan anjuman doirasida e’lon qildi.

Tanlovning asosiy maqsadi mehnat huquqlari himoyasi yo‘nalishida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda majburiy mehnatning oldini olishga qaratilgan sa’y-harakatlarga bag‘ishlangan eng yaxshi maqolalar mualliflarini aniqlash hamda ko‘llab-quvvatlash hisoblanadi. Tanlov jurnalistlarning mehnat huquqlari mavzusini yoritishda faolligi hamda ushba masala yuzasidan aholi xabardorligini yanada oshirishga qaratilgan.

Tanlovda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi:
- Eng yaxshi tahliliy material (televideniye, radio, bosma va elektron OAV);
- Eng yaxshi jurnalistik surishtiruv (televideniye, radio, bosma va elektron OAV);
- Eng faol jurnalist (televideniye, radio, bosma va elektron OAV).

Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yurituvchi OAVlarining shtatdagi yoki shtatdan tashqari jurnalistlari ishtirok etishlari mumkin. Taqdim etiladigan materiallar 2017 yil 1 noyabridan 2018 yilning 1 noyabriga qadar bosma va elektron OAV yoki mahalliy televideniye yoxud radiokanallarda efirga uzatilgan bo‘lishi zarur. Arizalar 2018 yilning 15 noyabriga qadar qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun mualliflar quyidagi ma’lumotlarni taqdim etishlari kerak bo‘ladi:
- familiya, ismi va otasining ismi;
- OAV nomi;
- qo‘l va ish telefonlari;
- elektron manzil;
- maqola chop etilgan saytga havola yoki maqolaning skaner nusxasi, audio va video materiallar;
- material chop etilgan (yoki efirga uzatilgan) vaqt.

Barcha ishlar quyidagi elektron manzilga yuborilishi shart: mehnat.huquqi@gmail.com

Foto: Xalkaro Press klub
Hay’at a’zolari “Tarakkiyot strategiyasi” markazi, O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, vakili; O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Xalqaro mehnat tashkiloti vakillari hamda mustaqil ekspertlardan tashkil topadi. Tanlovga yuborilgan ishlarni baholashda mutanosiblik (materialda turli nuqtai nazarlarni aks ettirish), ishonchlilik, statistik ma’lumotlardan foydalanish, materialda multimedia elementlarining mavjudligi (podkastlar, video, grafika), etika va lug‘aviy me’yorlar (so‘zlarni leksik ma’nosiga mos ravishda va uslubiy jihatlarni hisobga olgan holda qo‘llash qoidalari va ularning stilistik bo‘yog‘i), materialni taqdim etish uslubi, uning jozibadorligi, maqsadli auditoriya tomonidan ko‘p o‘qilishiga e’tibor beriladi.

Hay’at a’zolari har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblarni 2018 yilning 20-30 noyabr kunlari aniqlashadi. Tanlov natijalarini e’lon qilish va g‘oliblarni taqdirlash marosimi 2018 yilning dekabrida bo‘lib o‘tadi. Ular diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan takdirladilar.

Tanlov YEI, AQSH va Shveysariya hukumatlari hamda Jahon Bankining moliyaviy ko‘magida o‘tkazilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jurnalistlar uchun tanlov: mehnat huquqlarini kim yaxshi yorita oladi?