
Olmazor tumanida bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti 3-kurs talabasiga Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimini taklif qildi.
Yig‘ilishda 23 yoshli yosh tadbirkor, 3-kurs talabasi Saidakbarxon Prezidentga o‘z taklifini bayon etdi. Uning taklifi turizmni rivojlantirish uchun sayyohlar bilan bevosita ishlaydigan odamlar, mehmonxona, kafelar hamda taksi xizmatini ko‘rsatuvchilar uchun ularning malakasini oshiruvchi va servis xizmatini ko‘rsatuvchi markaz tashkil etish haqida bo‘ldi.
Shundan so‘ng, Prezident unga Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi o‘rinbosarligini taklif etdi. “Bitirishingni ham kutmasdan Turizmga o‘rinbosar qilib olay hozir. Senga o‘xshagan odam kerak menga. Bitta narsani bil: yonganing kerak menga”, — degan Shavkat Mirziyoyev.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar