O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan, xorijda ishlab chiqarilgan kolbasa va muzqaymoqdan olinadigan boj to‘lovlari pasaytirildi. Shuningdek, muzlatilgan go‘sht va ko‘plab chorva hayvonlari turlariga boj to‘lovi joriy qilinmagan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 iyun kuni imzolagan hujjatda shunday deyiladi.
Unga ko‘ra, yirik shoxdor chorva hayvonlari, qo‘y va echki, muzlatilgan go‘shtlarni O‘zbekiston hududiga olib kirishda boj to‘lovi undirilmaydi. Shuningdek, muzqaymoqdan 15 foiz miqdorda, pishloq va kolbasadan esa 10 foiz miqdorda boj olinishi belgilandi.
Ma’lumot uchun, bunga qadar, xorijda ishlab chiqarilgan muzqaymoqni O‘zbekistonga olib kelishda 30 foiz, pishloq va kolbasadan esa 20 foiz miqdorda boj olingandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi