
DXXning Xorazm viloyati boshqarmasi tezkor xodimlari hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament Urganch shahar bo‘limi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
2018 yilning 1 iyul kuni o‘tkazilgan tadbir davomida, Urganch tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi B.A. qo‘lga olindi.
Hokim o‘rinbosari “ish bitirib berish uchun” 5 mln. so‘m miqdorida pora olayotganda, jinoyat ustida qo‘lga olindi.
“UzNews.uz”ning Urganch huquq tartibot idoralaridagi ishonchli manbasi xabariga ko‘ra, hozirda ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210-moddasi tartibida Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar