
Foto: «Gazeta.uz»
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqin vaqt ichida rasmiy tashrif bilan Fransiyaga boradi. Bu haqda «Podrobno.uz»ga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qilmoqda.
«Tashrif doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron o‘rtasida muzokaralar rejalashtirilgan. Unda bir qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan», — deya ma’lum qilgan manba.
Bundan tashqari, Fransiyaning poytaxtida ushbu haftada savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi muhim savdo sheriklaridan biridir. Mamlakatlar makroiqtisodiy, moliyaviy, qishloq xo‘jaligi sohalari, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni boshqarish uchun kadrlar tayyorlash sohasida samarali hamkorlik qiladi. 2016 yilda o‘zaro savdo hajmi 264,8 million dollarni tashkil etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar