22:12 / 17.07.2018
5 392

Toshkent shahrining sobiq hokimi Rahmonbek Usmonov qamoqqa olingani rostmi?

Toshkent shahrining sobiq hokimi Rahmonbek Usmonov qamoqqa olingani rostmi?
Toshkent shahrining sobiq hokimi Rahmonbek Usmonov Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan hibsga olingan. Hozircha bu xabar rasman tasdiqlanmagan.

O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi rahbarining birinchi o‘rinbosari sifatida shu yilning aprel oyida o‘z faoliyatini boshlagan Toshkent shahrining sobiq hokimi Rahmonbek Jahongirovich Usmonovga nisbatan jinoiy ish ham qo‘zg‘atilgani aytilmoqda.

Bu borada bir necha internet saytlari Bosh prokuratura axborot xizmatining R.Usmonov hibsga olingani haqidagi xabarlarni rad etganini yozishdi.

«Xabar.uz» surishtiruviga ko‘ra, R.Usmonov ayni paytda Toshkent viloyatida xizmat safarida yuribdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, garov evaziga qo‘yib yuborilgan bo‘lishi mumkin. Aslida nima bo‘layotganini bilish uchun ham rasmiy manbalarning axborotini kutishdan boshqa chora yo‘q.

Hozircha, rasman tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, Rahmonbek Usmonovga nisbatan qurilish uchun ajratilgan yer maydonlarini noqonuniy sotish, pora olish, yer uchastkalarining ajratilishida mansab vakolatini suiiste’mol qilish hamda qishki zaxira uchun ajratilgan piyozning «isrof» qilingani holatlari yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, Rahmonbek Usmonov 2012–2018-yillar davomida Toshkent shahar hokimi lavozimida faoliyat olib borgan. U 2018 yilning aprel oyi oxirlarida o‘z vazifasidan ozod etilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahrining sobiq hokimi Rahmonbek Usmonov qamoqqa olingani rostmi?