date
views 5 101

Ohangaronda 2 ta “Neksiya” to‘qnashdi

Ohangaronda 2 ta “Neksiya” to‘qnashdi
Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

26 iyul kuni Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi S.V. o‘zining “Neksiya” rusumli avtomashinasini tuman hududidan o‘tuvchi “Guliston-Bo‘ka-Angren-Andijon-O‘sh” avtomobil yo‘lining 160-km.da haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetida to‘xtab turgan Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashovchi J.M. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada “Neksiya” avtomashinasi yo‘lovchisi K.S. tan jarohati olgan va unga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ohangaronda 2 ta “Neksiya” to‘qnashdi