13:38 / 02.08.2018
5 498

Test natijalari bugun kunning ikkinchi yarmida e’lon qilinadi

Test natijalari bugun kunning ikkinchi yarmida e’lon qilinadi
Foto: «Xs.uz»
Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Feysbukdagi sahifasida 1-kunda bo‘lib o‘tgan test natijalari bugun kunning ikkinchi yarmida «dtm.uz» saytida e’lon qilinishini ma’lum qildi:

Test sinovlarining birinchi kuni respublikadagi 23 ta oliy ta’lim muassasalarida test jarayonlari bir vaqtda 1-smenada 8.00dan boshlanib, 11.30ga qadar va 2-smenada 15:00 dan boshlanib, 18:30 ga qadar to‘liq yakunlandi.

Test natijalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan Feldegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta’minlagan holda Davlat test markaziga 18.30 dan qaytarish boshlandi. So‘nggi materiallar Farg‘ona vodiysidan kechasi 2:30da yetib keldi.

Yetib kelgan test natijalari bo‘yicha darhol kompyuter yordamida qayta ishlash jarayoni boshlanadi.

Davlat test markazining xodimlari tashqariga chiqmasdan, telefon va boshqa aloqa vositalaridan foydalanmagan hamda test materiallarining maxfiyligini ta’minlagan holda test materiallarini qayta ishlaydi.

Shu bilan birga, test sinovlarining 1-kuni ayrim ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki test savollarining tashqariga chiqib ketganligi to‘g‘risidagi xabarlar tarqatilgan. Ushbu holatlar bo‘yicha tegishli ma’lumotlar huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga berildi.

Shuningdek, ayrim binolarda test jarayonlarini onlayn kuzatish uchun qo‘yilgan monitorlardagi tasvirlarni uzilib qolish hollari axborot texnologiyalari sohasining malakali mutaxassislari tomonidan zudlik bilan bartaraf etildi va bunday holatlarga boshqa yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rildi.

1 avgust test natijalari 2 avgust kuni kunning ikkinchi yarmida Davlat test markazining dtm.uz saytida e’lon qilinadi.

Respublikada test sinovlari 1-15 avgust kunlariga rejalashtirilgan va tashkil qilingan tizim bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Test natijalari bugun kunning ikkinchi yarmida e’lon qilinadi