O‘zbekiston Qirg‘izistonga “Barak” eksklavi o‘rniga teng yer maydoni ajratib beradi.
O‘zbekiston va Qig‘iziston teng bo‘lakli yer maydonlari bilan almashadi, bu haqida tomonlar chegarani delimitatsiya qilish jarayonida kelishib olishgan, deb xabar qilmoqda Sputnik.
Kelishuvga ko‘ra, Qirg‘iziston O‘zbekistonga “Barak” eksklavini beradi, O‘zbekiston esa Qirg‘izistonning O‘sh viloyati, Qorasuv tumanidagi Oq-Tosh qishlog‘iga chegaradosh bo‘lgan hududdan ushbu eksklavga teng maydonni ajratib beradi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, mahalliy aholi davlatlararo komissiyaning ushbu qaroriga rozi bo‘lgan.
Chegarani demarkatsiya va delimitatsiya qilish davlatlararo komissiyaning so‘nggi uchrashuvi 1-7 avgust kunlari Farg‘onada bo‘lib o‘tgan edi. Komissiya kun tartibida hali yana ikkita anklav masalasini ko‘rib chiqish turibdi: Shoximardon va Gaznov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Qirg‘iziston munosabatlarida so‘nggi 10 yil davomida ilk bor ijobiy natijaga o‘tgan yil Davlat chegarasi haqidagi dastlabki shartnoma imzolanganidan keyin erishilgan edi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi