Mudhish qotillik yuz bergan “Aurum 898” klubining hibsga olingan qo‘riqchilaridan ikki nafari avval sudlanganganligi aniqlandi, deb xabar qilmoqda Repost nashri Oliy suddagi manbaaga asosan.
“Xususan, 1989 yil Toshkentda tug‘ilgan, muassasaning qo‘riqlov xizmatida ishlagan Sh. Qilichev va 1982 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan A. Hamroyev muqaddam sudlangan”, - deyilgan xabarda.
Hibsga olingan yana ikki nafar shaxs — 1994 yilda tug‘ilgan S. Kamoldinov va 1992 yilda tug‘ilgan J. Yorqulov muqaddam sudlanmagan.
Sud ma’muriy materiallarni har tomonlama va to‘liq o‘rganib, V. Smirnov va I. Fazliddinovga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 34-moddasiga (bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanish) muvofiq 15 sutka ma’muriy qamoq tayinladi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yunusobod tuman sudining 2018 yil 10 avgustdagi ajrimiga mufoviq ayblanuvchilar Sh. Qilichov, A. Xamrayev, J. Yorqulov va S. Kamoldinovga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentning Yunusobod tumanidagi "Aurum 898" tungi klubida 9 avgust kechasi kurashchi Jamshid Kenjayev va klub qo‘riqchilari o‘rtasida yuz bergan janjal oqibatida, Kenjayev vafot etgan edi.
Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi