09:27 / 24.08.2018
5 030

Samarqandlik Bahodir Ahmadjonov yuqori lavozimlardan birini 230 ming dollarga sotib olmoqni istagandi…

Samarqandlik Bahodir Ahmadjonov yuqori lavozimlardan birini 230 ming dollarga sotib olmoqni istagandi…
Hammasi Samarqand shahar ichki ishlar boshqarmasiga Gulbahor Zikirova degan ayolning ustidan shikoyat arizasi taqdim etishlaridan boshlandi. Arizani jabrlanuvchi Bahodir Ahmadjonov taqdim etgan. Uning bayon qilishicha, bir yil burun Gulbahor Zikirova unga 230 ming dollar evaziga «Paxtasanoat» viloyat birlashmasidan yuqori lavozim olib berishni va'da qilgan. Bahodir unga chippa-chin ishonib aytilgan pullarni bergan.

Ammo hanuz yuqori lavozimga ega bo'lmadi. Gulbahor har so'raganda turli yolg'onlarni ro'kach qilavergan. Mabodo va'dasining ustidan chiqa olmasa, pul o'rniga o'zi yashab turgan uyni xatlab berishini ham alohida ta'kidlagan. Biroq Bahodir unga ishonchini yo'qotgandi. Pullarini talab qila boshlagan. Shunda Gulbahor uning yoniga Robik, Jorik, Shaxa degan yigitlarni yuborgan. Yigitlar esa yana Gulbahordan pul talab qilsa, o'ldirib yuborishlarini aytib qo'rqitgan.

Keyinchalik ma'lum bo'ldiki, Robik — bu Rabbim Hamroqulov (1977 yilda tug'ilgan), muqaddam sudlangan, Jorik — bu Zoir Ahmedov (1967 yili tug'ilgan), muqaddam sudlangan, Shaxa — Shahrizod Isroilov (1985 yili tug'ilgan), hozirgi vaqtda Turkiyada yasharkan.

Tezkor guruh a'zolari vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Gulbahorni ichki ishlar bo'limiga olib kelishdi. Ilk tergov jarayoni boshlanmay turib, hojatxonaga chiqib kelishni so'radi-yu, o'sha yerda joniga qasd qilishga urindi. Ammo niyati amalga oshmadi. Militsionerlar xalal berishdi. Chaqirilgan «Tez yordam»chilar Gulbahorni kasalxonaga olib ketishdi.

Keyinroq tergov qayta tashkil etildi. Endi Gulbahor sodir etgan jinoyatlarini bo'yniga oldi. U haqiqatan Bahodirga yuqori lavozim olib berishni va'da qilgan. Berilgan pullarni esa Toshkent shahridagi banklardan birida ishlovchi Ulug'bek degan tanishiga berganini aytdi. Yuqori lavozimni xuddi o'sha Ulug'bek va'da qilgan ekan. Yuqorida nomlari zikr etilgan uch yigitni ham Gulbahor yollagan bo'lib chiqdi. Bahodirni qo'rqitishlari uchun 3200 dollar pul berganmish.

Ayni vaqtda barcha jinoyatchilar qo'lga olingan. Ushbu fakt yuzasidan respublika jinoyat majmuasining 165 modda, 3- qismiga asosan jinoiy ish qo'zg'atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandlik Bahodir Ahmadjonov yuqori lavozimlardan birini 230 ming dollarga sotib olmoqni istagandi…