16:38 / 29.08.2018
6 213

Bizlarni fosh etgan masjidlar!

Bizlarni fosh etgan masjidlar!
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman.

Masjidlardan birida namozimni ado etib boʻlganimdan soʻng bir keksa odam quloqlarimga shivirlab, eʼtiborimni oʻziga jalb etdi.

U shunday deb gap boshladi:

– Masjidning birinchi safiga nazar solib, ibodat qilayotganlarga bir eʼtibor bering.

Men beparvolik bilan u kishiga yuzlanib:

– Kechirasiz, nima demoqchiligizni tushunolmadim, – dedim.

U gapida davom etib:

– Ularning orasida obroʻ eʼtiborli, mansabdor, badavlat odamlarni koʻryapsizmi?

– Juda ham oz, – dedim.

– U yerdagilarning hammasi yoki koʻpchiligi ishchilardir. Haydovchi, ishchi yoki oddiygina bir xodim!

Men “Ha” deb javob berdim.

– Allohning huzuriga boʻladigan manzilimiz ham xuddi shundaydir.

Mening joyimga qarang yoki siznikini olaylik. Toʻrtinchi yoki beshinchi saflardan joy olganmiz. Qiyomatda ham xuddi shunday boʻladi.

Soʻngra bir oz tin olib gaplariga qoʻshimcha qilib dedi:

– Allohniki boʻlgan ushbu masjidlar binosi bizlarni hijolat etib, Allohning huzuridagi oʻrnimizni fosh etib qoʻydi.

Bu keksa odamning suhbati va uning fikrlari meni juda ham hayratga soldi. Shu on kimdir menga tarsaki tortib yuborganday boʻldi.

Shunda Alloh taoloning qovli yodimga tushdi:

(Ezgu ishlarda) oʻzib-oʻzib ketgan zotlardir. Aynan oʻshalar (Allohga) yaqin zotlardir. (“Voqea” surasi, 10-11-oyatlar).

Solihlardan biri shunday dedi:

“Kim boylar bilan birga oʻtirsa, Alloh uni dunyo va undagi narsalarga qiziqadigan qilib qoʻyadi. Kim kambagʻallar bilan birga oʻtirsa, Allohning berganiga yana ham rozi boʻladigan qilib qoʻyadi”.
Ummu Mustafo

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bizlarni fosh etgan masjidlar!