
Gruziya-Turkiya chegarasidagi “Sarpi” oʻtish punktida 27 yoshli ayol jomadon ichida Turkiyaga hududiga kirmoqchi boʻlganida qoʻlga tushdi.
Xabar qilinishicha, Turkiya chegarachilari 24 yoshli Gruziya fuqarosi olib oʻtayotgan katta qora jomadonga eʼtibor qaratishgan. Chegarachilar undan jomadonni ochishni soʻrashgan va uning ichidan 27 yoshli oʻzbekistonlik ayol chiqib kelgan. Ayolga Turkiya hududiga kirish man qilingani sababli u mamlakatga noqonuniy yoʻl bilan kirmoqchi boʻlgan.
Qonunbuzarlar qoʻlga olingan, ularga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar