Zamonaviy xonadonni televizorsiz tasavvur etish mushkul. Biroq sivilizatsiyaning bu yutugʻini bizga kimga sovgʻa qilgani haqida oʻylab koʻrganmisiz? Birinchi koʻrsatuv qachon paydo boʻlgani haqida-chi? Bugun aynan shu haqida soʻz yuritamiz.
Maishiy texnikaning bu predmeti kashfiyotchisining aniq ismini aytish mushkul. Axir uni ishlab chiqish ustida bir necha kishi ish olib borgan. Biroq olim Paul Nipkovni eslab oʻtmaslikning iloji yoʻq. Aynan u sababli maxsus tirqishli disk yaratilgan. Bu qurilma tasvirlarni ekranga uzatish uchun skaner qilgan. U XIX asr boshlaridagi ilk televizorlarning ajralmas qismi edi.
Bu innovatsiyadan ilhomlangan shotlandiyalik olim Jon Berd mexanik telepriyomnikni yaratdi. Uni koʻp miqdorda ishlab chiqarish maqsadida aynan shu nomdagi korporatsiyaga asos qoldi. Oʻsha paytdagi televizion tizim zamonaviy variantga oʻxshamasdi: u faqat suratni koʻrsatardi, ovozni yetkazib bermasdi.
Biroq Bredning TV-qurilmalari BBC radiosidan foydalanish imkonini beradigan oʻrtacha uzunlikdagi toʻlqinga yaxshi sozlanardi. Bu Bred televizorlarining afzallik jihati edi. Aynan shu oʻziga xoslik boʻlajak teleuzatish kelajagiga aylandi. Ilk eshittirish efirga 1924 yilda chiqdi. Jon oʻz qurilmasini Soxo doʻkonlaridan birida namoyish etishga qaror qildi.
Tasvir juda kichik boʻlgan – gugurt qutichasining yarmidan katta boʻlmagan. Bundan tashqari, tasvir sifati va kengaytmasi juda yomon boʻlgan, shuningdek, doimiy ravishda titrardi. Yarim tonlarning baribir rang boʻlib koʻringani sabab aktyorlarning yuzi aniq koʻrinmasdi.
Bredning debyuti muvaffaqiyatsiz boʻlganiga qaramay, u ortga chekinmadi. Ikkinchi urinish 1926 yilda amalga oshirildi. Ana endi buni toʻliq teleseans deb atash mumkin edi. U ommani hayratga soldi. Axir ular ilgari bunga oʻxshash narsaga guvoh boʻlishmagan.
Olim shu bilan toʻxtadi deb oʻylaysizmi? Albatta yoʻq. Ikki yil oʻtgach, u dunyoga haqiqiy rangli televizorni taqdim etdi va yana bir rolikni rangli tarzda namoyish qildi. Demak, uning nomini rangli televideniye ilk kashfiyotchilari roʻyxatiga kiritish mumkin. Keng omma televizordan taxminan 30 yildan keyin foydalana boshladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi