2018 yil 9 sentyabr kuni Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumani “Yangi diyor” mahallasi hududidan oʻtgan 4R-110 avtomobil yoʻlida oʻtkazilgan tadbir davomida, “Lasetti” rusumli avtomashina toʻxtatildi.
Haydovchidan tegishli hujjatlarni taqdim etishi soʻralganida, u oʻzini Denov tumani “Lochin” mahallasida yashovchi fuqaro N.A. deb tanishtirib, avtomashinani boshqarish huquqini beruvchi hamda avtomashinaga tegishli biron bir hujjatni taqdim etolmaganligi sababli, unga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi oʻrnatilgan tartibda vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shundan keyin, haydovchi N.A. maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirmasligi hamda avtomashinasini jarima maydonidan shu kuni chiqarib berishi evaziga 100 000 (yuz ming) soʻm pulni pora sifatida berishini taklif etgan.
Shu kuni soat 16:40larda Muzrabot tumani “Muzrabot Darvoza” mahallasi hududida Angor tuman prokuraturasi, viloyat IIB Oʻz xavfsizligi boʻlimi hamda Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro N.A. Ichki ishlar xodimi P.X.ga 96 ming soʻm pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtda ushlanib, ashyoviy dalillar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan, Angor tuman prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
O‘zbekistonda 30 aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Putin Germaniyaning Rossiyadagi aktivlarini "Gazprom"ga topshirdi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi