date
views 6 407

Piyodaga eslatma: Toshkentda yozuvli oʻtish yoʻlagi paydo boʻldi (foto)

Piyodaga eslatma: Toshkentda yozuvli oʻtish yoʻlagi paydo boʻldi (foto)
14 sentyabr kuni Toshkent shahar Chilonzor tumanida respublikada ilk bor yozuvli piyodalar yoʻlakchasi paydo boʻldi.

Baynalmilal koʻchasi Mehribonlik uyining qarshisidagi Baynalmilal-Bunyodkor chorrahasidagi piyodalar yoʻlakchasida telefon va naushniklardan foydalanmaslik boʻyicha oʻziga xos eslatma tarzida yozuv qayd etildi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xodimining maʼlum qilishicha, bu hukumat qarori bilan belgilangan — haftaning har juma kuni “Yoʻl harakati xavfsizligi targʻibot kuni” doirasida amalga oshirildi.

Shu kuni hududlarda YPX xodimlari tomonidan yoʻl-transport hodisalarini oldini olish va piyodalarda yoʻl harakati qoidalariga rioya etish madaniyatini yuksaltirish boʻyicha targʻibot ishlari oʻtkaziladi, bukletlar tarqatiladi.



Manba: Uz24.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Piyodaga eslatma: Toshkentda yozuvli oʻtish yoʻlagi paydo boʻldi (foto)