4 575
Markaziy bank: “Uzcard” muammosi hisobga olinadi — qonunchilikka oʻzgarishlar kiritiladi
Markaziy bank matbuot xizmati maʼlum qilishicha, “Uzcard” faoliyatida muammolar kuzatila boshlanganidan beri Markaziy bank vakillari dasturiy taʼminot mutaxassislari bilan hamkorlikda toʻlov tizimi ishini tiklashda koʻmaklashishmoqda.
Tizimni tiklashning birinchi bosqichi tugadi — toʻlov kartalaridagi qoldiqlarning maʼlumotlar bazasi tiklandi. Ikkinchi bosqich, yaʼni toʻlov terminallari ishini tiklash kun davomida amalga oshiriladi.
Zarurat boʻlganda fuqarolar naqd pul uchun xizmat koʻrsatuvchi banklariga murojaat qilishlari lozim. Shuni eʼtiborda tuting: hozircha aynan karta ochilgan bank filialiga borish kerak (terminallar ishlay boshlagach esa har qanday bankning istalgan filialiga murojaat qilsa boʻladi). Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda mamlakatimiz hududlaridagi filiallarni naqd pul bilan taʼminlash boʻyicha ish olib borgan.
Oʻz navbatida, Markaziy bank yuz bergan ushbu holat eʼtiborsiz qolmasligini maʼlum qildi. Qonunchilikka MB barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida toʻlov tizimlari faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha huquq hamda majburiyatlar bilan taʼminlovchi oʻzgarishlar kiritiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi