Islom taraqqiyot banki prezidenti Bandar Hojar bir qator tadbirlarda ishtirok etish uchun 17 sentyabr kuni Islom taraqqiyot banki guruhi va Arab muvofiqlashtirish guruhi delegatsiyalari bilan birga Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Islom taraqqiyot banki rahbarining tashrifi doirasida “ITB guruhi kuni” konferensiyasi va 18-19 sentyabr kunlari Arab muvofiqlashtirish guruhi ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtadi.
Tadbirda Oʻzbekiston tomonidan bosh vazir oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha qoʻmitasi raisi Suhrob Xolmurodov ishtirok etadi.
Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan tashkil etilmoqda.
Oʻtgan yilning may oyida Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoniga tashrifi amalga oshirildi. Tashrif davomida davlat rahbari Islom taraqqiyot banki prezidenti Bandar Hojar bilan uchrashdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi