Toʻy marosimlarining hashamati borgan sari oshib, ularni oʻtkazish kundan-kunga qimmatlashib borayotgan bir zamonda olimlar qimmatbaho toʻy marosimlarining oilaviy baxt va uning davomli boʻlishiga qanday aloqasi borligini oʻrganishga qaror qilishdi.
Buning uchun iqtisod professori Endryu Frensis-Tan (Singapur milliy universiteti) va Hugo Mialon (Emori universiteti) tomonidan 1500 ga yaqin oila, yaʼni 3000 ga yaqin erkak-ayollar ishtirokida tadqiqot oʻtkazildi.
Tadqiqotga koʻra, yosh oilalar nikoh uzugi va qimmatbaho marosimlarga sarflaydigan pullar nikoh davomiyligi bilan teskari mutanosib ekaniligi maʼlum boʻldi.
Xususan, toʻy marosimi uchun $1000 dan kam pul sarflagan oilalarda ajrashish ehtimoli juda kamligi, aksincha marosimga katta miqdordagi mablagʻni sarflagan oilalarda bu koʻrsatkich oʻta balandligi aniqlandi.
Tadqiqotda shuningdek, nikoh davomiyligiga taʼsir oʻtkazuvchi yana bir omil borligi maʼlum boʻldi. “Nikoh qurish qarorida qarshi tomonning tashqi koʻrinishi muhim deb hisoblagan juftliklarda oilaviy hayot uzoqqa bormasligini aniqladik”, deydi professor Mialon “Independent” nashriga bergan intervyusida. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi