21:04 / 04.10.2018
5 806

Qattiq maishiy chiqindilar uchun 4 turdagi konteynerlar oʻrnatiladi

Qattiq maishiy chiqindilar uchun 4 turdagi konteynerlar oʻrnatiladi
Maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi hukumat qarori qabul qilindi, deb yozmoqda Kun.uz.

Qarorga muvofiq, sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish qoidalari tasdiqlandi.

Unga koʻra, hududlar, binolar va inshootlarning qattiq maishiy chiqindilar bilan (shisha, rezina, qogʻoz, plastmassa, yogʻoch chiqindilari va boshqa) ifloslanishining oldini olish maqsadida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va vaqtincha saqlash uchun moʻljallangan maxsus chiqindi qutilari oʻrnatiladi.

Bundan tashqari, mazkur qaror bilan vaqtinchalik savdo doʻkonlari, shu jumladan, koʻchma shoxobchalarga (oziq-ovqat mahsulotlarini sotish va umumiy ovqatlanish sohasida xizmatlar koʻrsatish palatkalari, doʻkonchalariga) tutash hududlarda – 5 metr radiusgacha koʻtarish mexanizmli yoki ularni boʻshatish uchun almashtiriladigan chelaklarga ega boʻlgan koʻchma chiqindi qutilarining oʻrnatilishi belgilangan.

Faoliyat yuritayotgan chiqindi toʻplash shoxobchalarini buzish ishlari ularning oʻrniga yangilari qurilgandan soʻng amalga oshiriladi.

Shuningdek, chiqindi toʻplash shoxobchalari turar joy binolarining derazalari, bolalar muassasalari uchastkalarining chegarasi, dam olish joylaridan 20 metrdan kam boʻlmagan va 100 metrdan uzoq boʻlmagan masofada joylashtiriladi.

Hududlarning daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishda hosil boʻladigan chiqindilar (daraxt va buta shox-shabbalari, kesish ishlari qoldiqlari, barglar va boshqalar) bilan bir sutkadan ortiq ifloslantirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Qarorga muvofiq, qattiq maishiy chiqindilarni alohida toʻplash va olib chiqib ketish uchun toʻrt turdagi konteynerlar oʻrnatiladi:

- qayta ishlanadigan qattiq maishiy chiqindilar uchun – koʻk rang;
- organik qattiq maishiy chiqindilar (oziq-ovqat va boshqa biologik chiriydigan chiqindilar) uchun – jigarrang;
- qayta ishlanmaydigan qattiq maishiy chiqindilar uchun – kulrang;
- xavfli maishiy chiqindilar uchun – toʻq sariq rang.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qattiq maishiy chiqindilar uchun 4 turdagi konteynerlar oʻrnatiladi