14:40 / 13.10.2018
4 354

Turkiyaga qizlarni sotish bilan shugʻullanib kelgan jinoiy guruh fosh etildi

Turkiyaga qizlarni sotish bilan shugʻullanib kelgan jinoiy guruh fosh etildi
Navoiy viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida odam savdosi bilan shugʻullanuvchi zanjir fosh etildi, deb yozmoqda “Xalq soʻzi”.

Mazkur zanjirning halqasi D. G. Turkiyadagi Dilnoza ismli tanishi bilan jinoiy til biriktirib, Navoiy viloyatidan qiz va juvonlarni Istanbul shahriga joʻnatib turgan. Chunonchi D.G. viloyatning Xatirchi tumani “Qoracha” MFY yashovchi 1988 yil tugʻilgan X.Ch. hamda Navoiy shahrilik 1991 yil tugʻilgan Yu. R.ni Turkiyadagi tanishi Dilnozadan olgan aviachipta bilan Toshkent Xalqaro aeroporti orqali joʻnatmoqchi boʻlganida qoʻlga olindi. Mazkur holat yuzasidan D.G.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Fuqaro D.G. 2016 yil Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 223-moddasi 2-qismi bilan sudlanib, 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan, 2017 yil jazoning oʻtolmay qolgan qismi axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilgan edi. Bagʻrikenglikdan tegishli xulosa chiqarmagan D.G. endi oʻz qilmishidan pushaymon boʻlishi uchun yetarli muddatni olishi aniq“, - deydi viloyat IIB matbuot xizmati rahbari Oʻktam Usmonov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Turkiyaga qizlarni sotish bilan shugʻullanib kelgan jinoiy guruh fosh etildi