Jizzax Davlat pedagogika institutining kafedra mudiri lavozimida ishlab kelgan Q.U. qo‘lga olindi. Bu haqda Jizzax viloyat huquqni muhofaza qilish organlari Sangzor.uz saytiga xabar bergan.
Jizzax Davlat pedagogika institutining kafedra mudiri lavozimida ishlab kelgan Q.U. ushbu oliygohning “Musiqiy ta’lim” yo‘nalishida tahsil olgan talaba M.U.ning o‘qishini “Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishiga ko‘chirib berishni va’da qilib 1000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritadi.
Biroq, ishni hal qila olmagani bois jinoiy qilmishini bartaraf etish maqsadida 2018 yilning 4 oktyabr kuni soat 13:00lar atrofida Jizzax shahrining “Suloqli” mahallasi hududida M.U.ga olgan pullarini qaytarib berayotgan vaqtda O‘zbekiston Respublikasi DXX va Bosh Prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat Boshqarmalari hamkorligida qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Q.U.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi