Foto: Facebook/Andrey Morev
14 oktyabrdan 15 oktyabrga o‘tar tunda Moskva markazida, Yakimanka munitsipal okrugida O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning haykali paydo bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz xabar qilmoqda.
2,3 metr balandlikdagi yodgorlik muallifi britaniyalik eng mashhur haykaltaroshlardan biri Pol Deydir.
Qayd etilishicha, yodgorlikning qurilishiga xarajatlar O‘zbekiston birinchi prezidenti qizi Lola Karimova-Tillayeva boshchiligidagi Islom Karimov fondi tomonidan to‘lab berilgan.
Foto: Facebook/Andrey Morev
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyi boshlarida Moskva sudi Islom Karimovga haykal o‘rnatish to‘g‘risidagi referendumni bekor qilgandi.
Moskva shahrining Zamoskvoretskiy sudi 2018 yil 18 mart kungi prezidentlik saylovlari kunida referendum o‘tkazishni taqiqlagandi, unda O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovga haykal o‘rnatish masalasi ko‘tarilishi mumkin edi.
O‘shanda okrug deputatlari 25 yanvar kuni 18 martda mahalliy referendumni o‘tkazish va unga O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovga haykal o‘rnatish hamda Karimov xiyobonida favvora o‘rnatish masalasini olib chiqish haqida qaror qabul qilishgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko: “Belarusga hujum Uchinchi jahon urushining boshlanishidir”
Olimlar Antarktida ustidagi ozon teshigining qisqarganini e’lon qildi
Isroil sobiq bosh vaziri Netanyaxuni G‘azodagi operatsiyani cho‘zishda aybladi
“Hizbulloh” Livandagi peyjer portlashlari tufayli Isroilni jazolash bilan tahdid qildi
AQSHda sherif sudyani otib o‘ldirdi
Ikki talaba Finlandiyadan orol sotib oldi. Bu AQSHdagi uydan arzonroqqa tushdi
Slovakiya o‘zbekistonliklarni ishga taklif qilyapti
O‘zbekiston Rossiyaning GLONASS tizimi signalidan foydalanishi mumkin