Kattaqoʻrgʻon tumani hokimiyati binosining tom qismi odamlar ustiga uchib tushdi

15 oktyabr kuni soat 12:00 atrofida Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumani hududida kuzatilgan kuchli shamol natijasida tuman hokimiyati binosining tom qismi pastga qulab tushdi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.
“Kun.uz” manbasi maʼlumotiga koʻra, hodisa oqibatida hokimiyat hovlisida boʻlgan kishilardan biri halok boʻlgan. U tumandagi “Tarnov” mahallasi, Tarnov qishlogʻida yashovchi, 1958 yilda tugʻilgan Mardon Qodirov edi.
Shuningdek, “Burgansoy” mahallasi Mavlon qishlogʻida yashovchi, 1988 yilda tugʻilgan fuqaro Shahobiddin Fayziyev tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Voqea joyiga viloyat FVB, IIB, IIB YOXB rahbarlari, shuningdek qutqaruv tuzilmalari yetib borib, jabrlanuvchilarga yordam koʻrsatgan.
Ayni vaqtda tuman hokimiyati tom qismi toʻliq tozalanib, hodisa oqibatlari bartaraf etilgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!“Kun.uz” manbasi maʼlumotiga koʻra, hodisa oqibatida hokimiyat hovlisida boʻlgan kishilardan biri halok boʻlgan. U tumandagi “Tarnov” mahallasi, Tarnov qishlogʻida yashovchi, 1958 yilda tugʻilgan Mardon Qodirov edi.
Shuningdek, “Burgansoy” mahallasi Mavlon qishlogʻida yashovchi, 1988 yilda tugʻilgan fuqaro Shahobiddin Fayziyev tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Voqea joyiga viloyat FVB, IIB, IIB YOXB rahbarlari, shuningdek qutqaruv tuzilmalari yetib borib, jabrlanuvchilarga yordam koʻrsatgan.
Ayni vaqtda tuman hokimiyati tom qismi toʻliq tozalanib, hodisa oqibatlari bartaraf etilgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…