So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda zo‘ravonlik va kuch ishlatish bilan bog‘liq hodisalar aks etgan lavhalar tarqalishi avj olmoqda.
Bugun shunday hodisa tasvirlangan videolavha tahririyatga kelib tushdi. Videoda “Chevrolet Nexia 3” rusumli avtomashina haydovchisi avtomashinani joylashtirishda biroz qiynalib, orqa tomonda turgan o‘ziga turdosh bo‘lgan avtomashinaga yaqin borib joylashtirganligi, undan tushgan vaqtda boshqa bir yigit oldiga chaqirib suhbatga tortganligi, shundan so‘ng mazkur suhbatga boshqa bir shaxs kelib qo‘shilib, dabdurustdan haydovchiga musht tushirganligi, shundan so‘ng ikki kishi birgalikda uni urib yiqitib, yotgan holatda bosh qismiga oyoq bilan tepib, tan jarohati yetkazganligi tasvirlangan.
O‘zini hodisa jabrlanuvchisi deya tanishtirgan D.Sh.ning ma’lum qilishicha, hodisa joriy yilning 4 oktyabr kuni Uchtepa tumanida joylashgan “Al Hilol”kafesi oldida yuz bergan. Uning ta’kidlashicha, mashinasini joylashtirganidan so‘ng undan tushib ketayotgan vaqtida orqada turgan yigit uni chaqirib, mashinani uning mashinasiga yaqin qo‘yganligiga e’tiroz bildirgan. Qisqa munozara janjalga aylanib, o‘rtaga boshqalar ham qo‘shilgan va bir tomonlama do‘pposlash yuz bergan. Voqealar rivojini videoyozuvda ham kuzatish mumkin. Mazkur do‘pposlanish natijasida D.Sh.ning jag‘i singan, miyasi chayqalgan.
Aniqlanishicha, ushbu hodisa yuzasidan hozirda Uchtepa tuman IIB JQB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda va videolavhada tasvirlangan shaxslarni aniqlash choralari ko‘rilmoqda.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, muqaddam ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan shunga o‘xshash video lavhalar keyinchalik huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rganilib, bezorilik sifatida baholanib, tegishli jinoyat ishlari qo‘zg‘atilganligi va aybdor shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan jazo choralari qo‘llanilganligiga oid ma’lumotlar berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi